korzinka.uz va REDTAG tarmoqlarida Payme GO xizmatini ishga tushirish munosabati bilan Payme kompaniyasi pul mukofotlari o’yinini o’tkazmoqda!

27.11.2018 dan 31.12.2018 gacha korzinka.uz yoki REDTAG do‘konlarida Payme GO orqali 20 000 sum va undan ziyod haridni amalga oshirsangiz o‘z bank kartangizga pul mukofotlari, yoki MyTaxi tomonidan taqdim etiladigan har biri 30 000 so‘mlik 300 ta promokoddan birini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

O’yin ishtirokchisi bo’lish uchun quyidagilar zarur:

Payme ilovasini yuklab oling

Payme GO bilan xaridni to’lang

Xaridni Payme GO bilan korzinka.uz yoki REDTAG tarmog’idagi istalgan do’konda quyida belgilangan summada amalga oshiring va pul mukofotlarini yutib olish imkoniga ega bo’ling.

Chеk summasi
20 000 dan 50 000 soʻmgacha
50 000 dan 100 000 soʻmgacha
100 000 dan 300 000 soʻmgacha
300 000 va undan ziyod
Mukofot
100 000 soʻm
150 000 soʻm
200 000 soʻm
300 000 soʻm

Zarur shartlarni bajarganda, siz birinchi yutuqgacha o’yin ishtirokchisiga aylanasiz. Sovrinlarni o’ynash har kuni 10:00 dan 23:00 gacha amalga oshiriladi.

Aksiya shartlari

1. Aksiya doirasida o’tkaziladigan pul mukofotlari o’yinida 18 (o’n sakkiz) yoshga kirgan va ushbu qoidalarning 2-bandida sanab o’tilgan shaxslar jumlasiga kirmaydigan har bir jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin.

2. Aksiya tashkilotchisi xodimlari (tashkilotchi bilan mehnat shartnomasi tuzgan shaxslar) o’yinda ishtirok etolmaydi.

3. O’yinda ishtirok etish uchun ishtirokchi bir vaqtning o’zida quyidagi shartlarni bajarishi lozim:

  • Quyidagi havola bo’yicha Android yoki iOS uchun Payme ilovasini yangilang yoki yuklab oling:
  • O’z bank kartangizni ilova qiling. Bank kartasi aksiya o’tkaziladigan butun davr davomida faol bo’lishi shart
  • 20 000 so’m va undan ziyod summaga to’lovni amalga oshiring (har qanday sabablarga ko’ra to’lovni bekor qilinishi ushbu shartning bajarilmaganini bildiradi)

* Payme GO Toshkent, Olmaliq va Chirchik shaharlarida joylashgan korzinka.uz va REDTAG do'konlarida ishlamoqda.